Sunʼiy intellekt yordamida ingliz tilini oʻqitish platformasi
Ingliz tili darsi, uy vazifasi va soʻzlashuv amaliyoti bitta platformada.
Oʻquvchi boʻlimlarga ajratilgan kurs yoʻli boʻylab oldinga boradi, oʻqituvchi bergan topshiriqlarni bajaradi, soʻz va grammatika ustida ishlaydi. Kafe, maktab yoki dam olish kunini rejalashtirish kabi sahnalarda sunʼiy intellekt bilan ingliz tilida gaplashadi. Oʻqituvchi bularning hammasini hisobotlarda kuzatadi.

Yodaai
Yodaai ingliz tilini oʻqitish platformasidir. Boʻlimlarga ajratilgan darslar; lugʻat, grammatika, yozish va oʻqish mashqlari hamda oʻqituvchi bergan topshiriqlar bir joyda jamlangan. Platformaning farqi soʻzlashuvda: oʻquvchi ssenariy tanlaydi, sunʼiy intellekt sahnadagi suhbatdosh rolini oʻynaydi, suhbat esa oʻquvchining javoblariga qarab davom etadi. Oʻqituvchi topshiriq beradi va hisobotlarni kuzatadi.
- Format
- Brauzerda ishlaydigan ilova; sunʼiy intellekt bilan ogʻzaki yoki yozma suhbat, darslar, oʻquv vositalari
- Kim uchun
- Ingliz tilini oʻrganayotgan oʻquvchilar; Young Learners va Teen uchun alohida ekranlar
- Maktabingizda
- Ingliz tili darsi uchun uy vazifalari, darsdan tashqari mashgʻulot va soʻzlashuv amaliyoti
- Natija
- Yakunlangan suhbatlar, fikr-mulohazalar va oʻqituvchi ochib koʻradigan oʻzlashtirish hisoboti
Qanday ishlaydi
Oʻqituvchi topshiriq beradi, oʻquvchi oʻqiydi va gapiradi.
- 1
Oʻqituvchi topshiriq beradi
Sinfga yoki bitta oʻquvchiga dars, soʻzlashuv ssenariysi, yozish, grammatika yoki lugʻat mashqini beradi. Muddatini qoʻyadi, qisqa izoh qoʻshadi.
- 2
Oʻquvchi sahnaga kiradi
Berilgan ssenariyni yoki darajasiga mos sahnani ochadi, sunʼiy intellekt bilan ovozli yoki yozma gaplashadi. Qiynalsa, maslahat oladi, kerak boʻlsa tarjimaga qaraydi.
- 3
Nima yaxshi chiqdi, nima yetishmadi
Suhbat tugagach, umumiy bahosini koʻradi. Ishlatgan va ishlatmagan iboralari, grammatik tuzatishlar va gapining tabiiyroq varianti ham shu yerda.
- 4
Oʻqituvchi hisobotni ochadi
Bajarilgan topshiriqlar va koʻnikmalardagi rivojni koʻradi. Keyingi darsga kirishdan oldin takrorlanayotgan xatolar ham koʻz oldida.
Ichida nimalar bor
Dars, mashq va soʻzlashuv bir joyda.
Kurs yoʻli
Boʻlimlarga ajratilgan kurs yoʻli. Oʻquvchi tugatgan darslarini, navbatdagisini va hali yopiq turganlarini koʻradi.
Ssenariy boʻyicha suhbat
Maktab, kafe yoki dam olish kuni rejalari kabi sahnalarda sunʼiy intellekt suhbatdosh rolini oʻynaydi. Suhbat oʻquvchi bergan javobga qarab davom etadi.
Oʻquv vositalari
Lugʻat, grammatika, yozish, iboralar va oʻqish mashqlari. Yoʻlboshchi qahramon Emma mashqlarda maslahat beradi.
Gapni boʻlmaydigan tuzatish
Har bir javobdan keyin yon panelda oʻsha gapning tabiiyroq aytilishi chiqadi. Suhbat tuzatish uchun toʻxtamaydi, oʻquvchi gapirishda davom etadi.
Har bir suhbatga baho varaqasi
Umumiy baho, ishlatilgan va ishlatilmagan asosiy iboralar, eng muhim grammatik tuzatishlar birga koʻrsatiladi. Oʻquvchining nimani yaxshi bajargani ham yozib qoʻyiladi.
Topshiriq va hisobot
Oʻqituvchi sinflarga muddatli topshiriq beradi. Oʻquvchi hisobotida koʻnikmalardagi rivoj va takrorlanayotgan xatolar yonma-yon turadi.
Kimga qanday foyda
Oʻquvchi urinib koʻradi, oʻqituvchi nimaga eʼtibor berishni biladi.
Oʻquvchi
Ssenariyda gapiradi, fikr-mulohazani oʻqiydi, maslahat va tavsiyalar bilan oʻsha sahnani qayta sinab koʻradi. Xato qilsa, suhbat toʻxtamaydi; xatosini sinf oldida emas, oʻz ekranida koʻradi.
Oʻqituvchi
Mavzu va darajaga mos topshiriqni tanlaydi, muddatini qoʻyadi. Hisobotni ochganda kim qaysi xatoni takrorlayotganini koʻradi va keyingi darsni nimadan boshlashni bilib kiradi.
Maktab
Sinflar va oʻqituvchilarni bir joydan boshqaradi; oʻquvchilar darsdan tashqari qancha gapirayotganini va qayerda qiynalayotganini hisobotlardan kuzatadi.
Savol-javob
Qaror qilishdan oldin beriladigan savollar.
Yodaai faqat soʻzlashuv ilovasimi?
Yoʻq, bu ingliz tilini oʻqitish platformasi. Boʻlimlarga ajratilgan darslar, lugʻat, grammatika, yozish va oʻqish mashqlari, oʻqituvchi topshiriqlari va hisobotlar bir joyda. Sunʼiy intellekt bilan soʻzlashuv amaliyoti uni boshqa platformalardan ajratib turadi.
Oʻquvchi xato qilsa, suhbat toʻxtaydimi?
Toʻxtamaydi. Sunʼiy intellekt rolidan chiqmaydi, suhbat davom etadi. Yon panelda gapning tabiiyroq varianti chiqadi; eng muhim grammatik tuzatishlar va kuchli tomonlar suhbat tugagach koʻrsatiladi.
Oʻqituvchi qanday topshiriqlar bera oladi?
Dars, soʻzlashuv ssenariysi, yozish, grammatika va lugʻat mashqlari. Topshiriq sinfga yoki bitta oʻquvchiga muddat va qisqa izoh bilan beriladi. Soʻzlashuv ssenariylarini topshiriq qilib berish paketingizga bogʻliq.
Speaking Clubs bilan qanday ishlaydi?
Speaking Clubs oʻquvchisi Yodaai platformasida oʻziga berilgan soʻzlashuv ssenariylarini koʻradi. Har bir ssenariy boshlanish sanasi kelganda ochiladi.
Barcha vositalar har bir oʻquvchiga ochiqmi?
Bu maktabingiz paketiga bogʻliq. Ssenariy boʻyicha suhbatlar alohida paketga kiradi, tinglash mashqlari tez orada qoʻshiladi. Sizga kerakli xizmatlar hajmini uchrashuvda birga aniqlaymiz.
Gaplashaylik
Darsdan tashqari soʻzlashuv amaliyotini maktabingizda boshlaylik.
Qaysi sinflardan boshlash, oʻqituvchilar topshiriq va hisobotlardan qanday foydalanishi hamda sizga kerakli xizmatlar hajmini uchrashuvda aniqlab olamiz.

